Men sarmast qalandar (yangi sher)
Блог им. xikmat
Men – sarmast qalandar, men – bir devonaZulmat saxrosida kezgum har yona Yolg`iz sharob sokinlik berar tanamga Undan boshqa hech ne kerakmas menga Kazzoblar bilmayin asl holimni “Mast, aroqxo`r shoir” deyishur meni Sharob – mening yurtim, mening dunyoyim, Tark etolmaydigan qasrim, saroyim. Do`stim, sharob ila to`ldir finjonni, Yuvsin qalbdagi dardni, g`amni, xijronni. Lek sharobning yolg`iz aybi bo`lgaydir Ozgina muddatga qanot bergaydir.U bergan qanotla samoga ucharsan So`ng fursat o`tib yerga qayta tusharsan.Men – sarmast qalandar, men – bir devonaZulmat saxrosida kezgum har yona Oxiratda Alloh meni so`roq qilgaydir Men asli kimligim yolg`iz o`zi bilgaydir…